Toshkent shahridagi gaz ta’minoti tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan poytaxtdagi ayrim aholi hududlari va maishiy ob’ektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan manzilgohlar ro‘yxati, sanasi va vaqti bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ular:
18 aprel kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Yashnobod tumani “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 30 ta yakka tartibdagi xonadonda;
18 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Sergeli tumani 5 A mavzesidagi 47 ta ko‘p qavatli uyda;
19 aprel kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod”, “Katta Do‘mbirobod” va “Tirsakobod” mahallalari hamda Gavhar ko‘chasidagi xonadonlar va maishiy-kommunal ob’ektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Toshkent shahri bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi