Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat solik qo‘mitasi to‘g‘risidagi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq davlat soliq xizmati xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qo‘mitaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
Davlat soliq qo‘mitasi o‘n kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlashi belgilab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin