Uch-to‘rt kundan beri diyorimiz ziyorati va ziyofatida yurgan shayx, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniyni kim ekanlari haqida ko‘p so‘rashmoqda. Tanitish uchun an’anaviy yo‘ldan og‘moqchiman.
Shayxning "Buhusun fi qazoyo fiqhiyya muosira", ya’ni "Zamonaviy fiqhiy muammolar xususida bahslar" kitoblari diyorimiz ahli ilmlari orasida sevib o‘qiladigan ishonchli kitob hisoblanadi. "Baylar fiqhi" kitobi esa hozirda savdo-sotiq ilmini, xususan, Islom iqtisodi va moliyasini tushunishda eng muhim kitoblardan sanaladi. Unda yana "Islom savdosi qonunlari" ham ishlab chiqilgan. Shayx Usmoniyning bu kitoblari dunyo qonunchilari tomonidan ham chuqur o‘rganiladi. Shayxning mazkur kitoblaridan Azon.tv’dagi "Dinda savolim bor" ko‘rsatuvida ham bot-bot foydalanmoqdamiz.
Shayx Muhammad Taqiy hozirgi dunyo iqtisodiy-moliyaviy inqiroz yoqasida turgan bir paytda, jahonga muqobil iqtisodiy sistema – Islom iqtisodi asoslarini taklif etyaptilar. Bu asoslar Davosdagi xalqaro iqtisodiy forumda ham bir necha bor mubohasa etilgan. Shayxning yana bir kuchli jihatlari dunyo qonunchiligini yaxshi bilishlari va Islom fiqhi bilan uni mohirona muqoyasa qilishlaridir.
Bu qisqa tanishtiruvda u kishining hadis va fiqh ilmiga qo‘shgan hissalari, ahli ilmdan iborat xonadon ahllari haqida gapirmadim. Bu jihatlarni ta’rif etmakka qalam qosirlik qiladi. Shunchalik fazl egasi bo‘lishlariga qaramay, bugun u kishida menga ko‘ringan eng yorqin fazilat – kamtarliklaridan ko‘p mutaassir bo‘ldim.
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?