O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi bilan bog‘liq bo‘lgan arizani ko‘rib chiqdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan mol-mulk evaziga Toshkent shahar hokimligi tomonidan tadbirkorga Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida joylashgan binolar berilgan. Lekin ekspertlar baholashiga muvofiq, olib qo‘yilgan mol-mulk qiymati 12,5 milliard so‘mdan ko‘proq bo‘lgan, o‘rniga taqdim etilayotgan inshootlarning umumiy qiymati esa 5,2 milliard so‘m atrofida.
Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy kompaniya manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligidan 7,2 milliard so‘m undirish haqida qaror chiqargan.
Toshkent shahar tumanlaroaro iqtisodiy sudi tomonidan Savdo-sanoat palatasi qarori to‘liq tasdiqlangan.
Toshkent shahar hokimligi OOO SMILE HEALTHY CHILDREN kompaniyasiga 7,2 milliard so‘m to‘lov amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. Sud aralashganidan so‘ng poytaxt hokimiyati Universal Plast Montaj Engineering kompaniyasiga olib qo‘yilgan yer mulki uchun tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi