18:30 / 23.04.2019
3 472

Turkiyalik mehmonni O‘zbekistondagi masjidda nima lol qoldirdi? (video)

Turkiyalik mehmonni O‘zbekistondagi masjidda nima lol qoldirdi? (video)
19 aprel kuni Facebook tarmog‘ida anqaralik Xalil Yildirim Toshkentdagi Usmon bin Maz’un masjididan post joylagan. Post mingga yaqin foydalanuvchi tomonidan bo‘lishilgan.

Post muallifi masjiddagi namozxonlarni tasvirga olarkan, shunday deydi: «Ayni damda O‘zbekistondamiz. Biz juma namozining farzini o‘qib chiqayotgan paytimizda o‘zbek do‘stlarimiz sunnat namozini va duolarini o‘qiyapti. Insonlarning dinga bo‘lgan e’tibor va hurmatini shu yerda ko‘rdik. Bizdagi (Turkiyadagi) ulkan jome’ masjidlar juma namoz paytida bazo‘r to‘ladi, bog‘lar bo‘sh qoladi.

Özbek kardeşler İslama susamış, bu ne aşktır ya Rabbi... ????????

Опубликовано Halil Yıldırım Пятница, 19 апреля 2019 г.

Shuncha yil davomida dindan uzoqda tutilgan o‘zbek do‘stlarimizning boshi bugun sajda uchun yerga tekkan. Yomg‘ir mavsumida insonlar hovli-bog‘chada namoz o‘qishyapti.

Bizda esa farz namozini o‘qib bo‘lgach, jamoatning 90 foizi tashqariga chiqib ketadi. Guvohi bo‘ling, jamoatning 1/100 biri tashqariga chiqib ketyapti, xolos.

Alloh bizga islomiy shuur bersin. Yo‘qchiliklarni sezdirmasin, borining qadriga yetishimiz lozim. O‘zbek qardoshlarimizning islomga qanday chanqoqlikda ekanligining shohid bo‘lyapmiz. Sizlarning ham bu holatni ko‘rishingiz uchun videoga tushirdim.

Hammangizni Allohga topshirdim (omonat bildim).

Juma muborak bo‘lsin!».

Ma’lumot uchun, Xalil Yildirim ziyorat turizmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis bo‘lib, O‘zbekiston, Eron, Ispaniya va boshqa musulmon madaniyati qadamjolariga ega mamlakatlarda sayyohlik xizmati bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyalik mehmonni O‘zbekistondagi masjidda nima lol qoldirdi? (video)