07:57 / 24.04.2019
4 641

«Vaqf»ning «Malibu» avtomobili masalasiga oydinlik kiritildi

«Vaqf»ning «Malibu» avtomobili masalasiga oydinlik kiritildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi o‘ziga «Malibu-2» xizmat mashinasi olganligi haqida xabar tarqaldi.

Azon.uz portali ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Fond raisining 1-o‘rinbosari Zoxidjon To‘rayev bilan bog‘landi. Moliya-xo‘jalik masalalariga bevosita mas’ul bo‘lgan Zoxidjon To‘rayevning aytishicha, bugungi kunda fond tomonidan xayr-ehson, zakot va vaqf uchun ajratilgan 3 ta, turli yo‘nalishlardagi aksiyalarning (kitob, betoblar uchun mablag‘ yig‘ish, suv chiqarish va h.z.) 10 ta hisob raqami, shuningdek masjidlar va ziyoratgohlar ehson tushumlariga mo‘ljallangan 2 ta va fondning asosiy hisob raqami, jami 16 ta hisob raqami yuritiladi.

Har bir hisob raqami aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, manbasi belgilab qo‘yilgan.

«Malibu-2» rusumli avtomobil masalasidagi savolimizga raisning birinchi o‘rinbosari quyidagicha javob berdi:
– Haqiqatan fond tomonidan «Malibu-2» avtomobili xarid qilindi. Lekin bu xabarlarda ta’kidlanganidek xayr-ehsonlar emas, balki Fondning asosiy hisob raqamidagi mablag‘lar hisobidan sotib olingan. Ushbu hisob raqamiga Musulmonlar idorasi tomonidan mablag‘ ajratiladi (ushbu mablag‘ qanday shakllanishi to‘g‘risida tahririyatda ma’lumot mavjud emas).

Fond raisining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, ushbu masala yuzasidan barchaga ochiqligini va istalgan fuqaro Fondning 78 150-64-37, 78 150-64-36 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib savollariga javob olishi mumkinligini ma’lum qildi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Vaqf»ning «Malibu» avtomobili masalasiga oydinlik kiritildi