Samarqandda kuchli yog‘ingarchilik tufayli uy devori qulab tushdi

Samarqandda kuchli yog‘ingarchilik tufayli uy devori qulab tushdi
Foto: «Daryo»
Samarqandda 23 aprel kuni kechqurundan buyon tinimsiz yomg‘ir yog‘moqda. Yog‘ingarchilik tufayli Samarqand shahrining Dahbet ko‘chasidagi uylardan birining devorining bir qismi qulab tushgan.
«Daryo» nashrining ma’lum qilishicha, ushbu uyda sex tashkil etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, yomg‘ir tufayli Samarqand shahrining markaziy ko‘chalari suv bilan to‘lib toshdi, Payariqqa sel keldi, Ishtixondagi namunali uylar suv ostida qoldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar