Qashqadaryo viloyatida mahalliy tadbirkorlardan biri Qarshi shahrida oziq-ovqat mahsulotlari saqlashga mo‘ljallangan sovutgichli omborxona qurish uchun 1 milliard so‘m miqdorida kredit olish maqsadida tijorat bankiga murojaat qilgan, deb yozmoqda O‘zA.
Belgilangan tartibga ko‘ra tadbirkorga bankdan kredit olish uchun dastlab sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi lozimligi aytiladi. Tadbirkor “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i S.K.ga borib uchrashganida esa, u 4000 AQSh dollari evaziga 1 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishiga ko‘maklashishni va’da qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.K. tadbirkordan 4 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"