
"G‘ardiyon" ota-bobom qishlog‘i, ammo undagi makonimni Prezidentim menga umrbodga meros qilib berdi, deydi 80 yoshli otaxon Umarqul Norqulov ko‘ziga yosh olib. Chindan, Prezident farmoni bilan e’lon qilingan bir martalik umumdavlat aksiyasi noqonuniy uy-joy qurgan fuqarolarga berilgan bebaho tuhfa bo‘ldi. Aksiya tugashiga 1 kun qolgan bo‘lsada, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning soni ortib bormoqda.
Shu kunlarda Navoiy viloyatida Vazirlar Mahkamasining 461-sonli qarori ijrosi yuzasidan barcha tumanlarda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ommaviy anjumanlar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlarda 200-250 nafargacha fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan qurgan uy-joylariga mulk huquqini beruvchi tuman hokimlarining qarorlari topshirilmoqda. Shunday tadbir Qiziltepa tumanida ham o‘tkazildi. 250 nafar qiziltepaliklar 20 aprel kuni uy-joylariga egalik qiluvchi hujjatga ega bo‘lganlaridan mamnun.
Ko‘p qatori tadbirda Umarqul ota ham ishtirok etdi. Barchani bir muammo birlashtirgan anjumanda yoshu keksaning hayajoni cheksiz bo‘ldi. Tashvishlar aridi. To‘g‘risi, aholiga mazkur davlat xizmatini ko‘rsatgan Qiziltepa tuman DXM xodimlarining sa’y harakati e’tirofga loyiq. Boisi, aholidan 1568 dan ortiq murojaat kelib tushgan bulsa, shundan arizalarning 400 dan ortig‘i uyma-uy yurib olingan. Ayni kunda 593 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurgan uyiga qonuniy mulkdorlik maqomi berildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda ko‘p yillar davomida yuzlab fuqarolar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida yakka tartibdagi turar joylarni noqonuniy ravishda qurib olishgani jiddiy va yechimtalab muammo. Chunki, turar joylarga hujjatlarning yo‘qligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy. Yashayotgan joyi bo‘yicha propiskaga qo‘yish, mol-mulkka bo‘lgan huquqqa ega bo‘lish va uni sotish imkonsizligi kabi masalalar shular jumlasidandir. Tadbirda aholi tomonidan qilingan murojaatlarga Davlat xizmatlari agentligini Navoiy viloyati boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari huquqiy tushunchalar berildi.
Abdumalik Ergashev
Qiziltepa tumani DXM xodimi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Qiziltepa tumani DXM xodimi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar