Qator nashrlarda Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz ning xabar qilishicha ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘langan.
U hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Hozirda Asomxo‘ja Abrorovning suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deya aytib o‘tdi Surayyo Rahmonova.
Xabarlarga ko‘ra, marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1- o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi