Navoiy viloyatida 30 aprel-1 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Invest in Navoi” II xalqaro biznes forumi boshlandi.
Bu yil o‘tkazilayotgan “Invest in Navoi” II xalqaro biznes forumida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarining 250 nafardan ortiq ishbilarmonlari, salohiyatli investorlari hamda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi muxtor elchilari va diplomatlari ishtirok etmoqda.
Biznes forumning bugungi birinchi kunida xorijlik mehmonlar “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bilan tanishdi va viloyatning yirik korxonalariga tashrif buyurdi. Shuningdek, Navoiy viloyatining diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi.
Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 1 may kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy tadbirlar doirasida Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da xalqaro biznes forumning rasmiy ochilishi o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng, forum ishtirokchilari seksiyalarga bo‘lingan holda Navoiy viloyatining investitsiya, eksport, sayyohlik va logistika salohiyati bilan tanishadi.
Forum doirasida ishtirokchilar viloyatning turistik salohiyati bilan tanishish maqsadida Nurota tumanidagi “Chashma” me’moriy majmuasi hamda “Sarmishsoy” muzey qo‘riqxonasiga sayohat qilishlari rejalashtirilgan.
Mazkur biznes-forumga prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tgan yili asos solingan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”