Qozog‘istonga 4 yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘istonga 4 yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Uzavtotrans Service” korxonasi Qozog‘istoning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Toshkent-Turkiston, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishlari shular jumlasidan. Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtobuslarda amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.

Qayd etilishicha, Toshkent-Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 ming so‘m, Toshkent-Olmaota va Toshkent-Ushkunur yo‘nalishi chiptasi 101 ming so‘m, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishi nisbatan arzonroq - 90 ming so‘m.

Transport vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, yaqinda “Toshkent – Nur-Sulton”, “Toshkent – Taraz”, “Samarqand – Turkiston”, “Samarqand – Dushanbe”, “Toshkent – Qozon”, “Toshkent – Ufa kabi yo‘nalishlarda ham muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan oldin, Toshkentdan viloyatlarga 8 yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani xabar berilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar