Foto: «AiF»
Har yili O‘zbekistonning 4,2 ming nafar fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklariga ishlashga boradi. Mamlakatimizga ushbu davlatdan pul o‘tkazmasi 35 million dollarni tashkil etadi, deb ma’lum qiladi «Xabar» nashri.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va BAA mehnat resurslari sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishgan. Uning doirasida BAAga vaqtinchalik ish bilan ta’minlash uchun O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarosini yuborish rejalashtirilmoqda.
BAA ish beruvchilari va O‘zbekistonning xususiy ish bilan ta’minlash agentliklari ishtirokida B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, BAAda Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik vakolatxonasini ochish hamda O‘zbekiston elchixonasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha attashe lavozimini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirda har yili BAAga o‘rtacha 42-44 ming nafar o‘zbekistonlik (shundan 4,2 mingtasi ishlash maqsadida) boradi. Ushbu mamlakatdan pul o‘tkazmasi miqdori 35 million dollarni tashkil etadi. Oylik pul o‘tkazmasi o‘rtacha $700. Taqqoslash uchun: mehnat migrantlari Rossiyadan oyiga o‘rtacha $400 dan kamroq pul jo‘natishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas