Toshkentda 2 ta avtobus to‘qnashdi va ulardan biri 2 nafar piyodani bosib ketdi

Toshkentda 2 ta avtobus to‘qnashdi va ulardan biri 2 nafar piyodani bosib ketdi
Toshkent shahridagi «Chinni bozor» yaqinida ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Bu haqda Kun.uz nashri Toshkent shahar IIBBdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 147-sonli yo‘nalishdagi «Mersedes-Bens» avtobusi hamda 31-sonli yo‘nalishdagi «Isuzu» avtobusi o‘zaro yo‘l-transport hodisasi qayd etgan.

Shundan so‘ng, «Mersedes-Bens» avtobusi ikki nafar piyodani bosib ketgan. Manba xabariga ko‘ra, ikki nafar piyoda - qiz va ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda ushbu xabar yuzasidan qo‘shimcha tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar