Buxoro viloyatida Isroilning Watergen kompaniyasining havodan ichimlik suvini ajratib oluvchi qurilmasi sinovdan o‘tkaziladi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. Atmosfera generatori kuniga 900 litr ichimlik suvini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Juma kuni Watergen kompaniyasi vitse-prezidenti Mixail Rutman va O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi muzokaralari vaqtida qurilmani sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar O‘zbekistonda Watergen ishlab chiqarish liniyasini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Mixail Rutman 12−16 may kunlari generator sinov davrini rasmiy ishga tushirish uchun mamlakatga tashrif buyuradi.
Ishlab chiqaruvchi saytida qayd etilishicha, qurilma tashqi atmosfera sharoitlariga — sutka vaqti, mavsum, geografik joylashuvga mos ravishda suv ishlab chiqarishni optimallashtiradi. Ko‘p to‘siqli filtrlar natijasida havo sifatidan qat’i nazar suv sifati ta’minlanadi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi