9 may kechasi Toshkentda bayram salyuti otiladi

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt osmoni uzra salyut soat 21:00 da otiladi.
“Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.
Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt osmoni uzra salyut soat 21:00 da otiladi.
“Ushbu shou urush qatnashchilari va faxriylarning yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida qilgan ulug‘ xizmatini sharaflash maqsadida tashkil etilmoqda.
Bu bilan yoshlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyatini singdirish, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan, vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishini tushuntirish va targ‘ib etish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…