22:35 / 07.05.2019
4 207

Tishini tekinga davolatish uchun qariyalarni navbatidan siqib chiqarishga uringan “boyvachchalar” (video)

Tishini tekinga davolatish uchun qariyalarni navbatidan siqib chiqarishga uringan “boyvachchalar” (video)
“Ezgulik estafetasi” ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va insonlar olqishiga sazovor boʻldi.

Mahalliy Telegram-kanallarining xabar qilishicha, tish shifokori huzuriga oʻziga toʻq, qimmatbaho mashina mingan kishilar kelib, bepul koʻrikdan oʻtkazishni talab qila boshlashgan deb maʼlum qiladi Sputnik.

“Xafa boʻladigan joyi shuki, “oltin” raqamlardan qoʻngʻiroq qilib, bepulga tish qoʻydirib ketishga harakat qilishmoqda. Bugun klinikaga oʻzlarining yetarlicha mablagʻi boʻla turib, bepul tish qoʻydirishga kelgan insonlar ham koʻp uchradi”, - deydi klinika boshligʻi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, mazkur aksiya pensionerlar va kam taʼminlangan kishilarni muborak Ramazon oyida bepul davolash maqsadida tashkil etilgan. Ramazon oyining oxirigacha roʻyxatdan oʻtgan oltmish kishiga bepul xizmat koʻrsatiladi va ayni damda roʻyxatga olish ishlari yakunlangan.

Shuningdek, u biror tadbir munosabati bilan aksiya oʻtkazilsa, fuqarolarga ushbu xabar yetkazilishini maʼlum qildi.

Shifokor Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar aʼzolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo bepul qoʻyib berishini maʼlum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tishini tekinga davolatish uchun qariyalarni navbatidan siqib chiqarishga uringan “boyvachchalar” (video)