«Azon.uz» Buxorodagi qadimiy majmuadagi bugungi ahvol haqida bong urmoqda. Sayt yozmoqdaki, Labi Hovuz o‘ziga xos tarixiy me’moriy yodgorligimiz hisoblanadi. U yerda hozirgi kunda zamonaviy «diskoteka» tashkil qilingan. Baland ovozli musiqa, spirtli ichimliklar, mast-alast kishilarning o‘zini bilmas hollari... Bu bizga kerakmi?
Yurtimizga tarixni va xususan Islom tarixini o‘rganish uchun tashrif buyurgan sayyohlar bu kabi manzaralarni ko‘rib, xalqimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz haqida noto‘g‘ri fikrga borishlari mumkinligi bizning ko‘nglimizni ham xira qildi. Bu yurtimiz turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.
Ziyorat uchun kelgan mehmonlar kechqurun sayrga chiqqan ekan. Uchta mehmon, ko‘rinishidan bir oila, buvisi, otasi farzandi bilan hovuz yonidan bu holatdan norozi, yuzini burishtirgancha tez-tez yurib ketayotganiga guvoh bo‘ldik.
Agar Labi Hovuzdagi bu salbiy holatning oldi olinmas ekan, Buxoroga qadimiy obidalarimizning ixlosmandlari emas, balki ayshu ishrat, «g‘alati bazm»larning tarafdorlari «ko‘ngilxushlik» istab kelishlari ehtimoldan yiroq emas.
Qadimdan ilmu irfon markazi bo‘lgan Buxoroning qadrini saqlaylik, ko‘z qorachig‘idek asraylik, axir?! “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi