Foto: Saodat To‘raxonova
Kecha, 10 may kuni ertalab «Davr» bankning Uchtepa filiali mijozlariga turli vaqtlarda qabul qilingan, ammo hisob varag‘iga yozilmagan pullarni qaytarib bera boshladi deb yozadi "Daryo" nashri.
Zarar ko‘rgan omonatchilarning aytishicha, kecha, 9 may kuni bank ularga pulini qaytarib berishini xabar qilgan. Markaziy bank fuqarolar murojaatiga ko‘ra ro‘yxat tuzgan va uni «Davr» bank boshqaruvchisiga taqdim etgan.
«Yaqindagina biz bank xodimlariga pasportimizdan nusxa va bank kassasiga qilgan to‘lovimizning kvitansiyasini qoldirdik. Bugun ertalabdan bank biz bilan shartnoma tuzdi. Soat 11 ga yaqin bizning pulimizni qaytara boshladi», — deydi bank omonatchilaridan biri Saodat To‘raxonova.
Hozirda o‘nga yaqin odam o‘z jamg‘armalarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin ro‘yxatda yana ancha aldangan omonatchilar bor.
7 may kuni «Davr» bankning Uchtepa filialida keng ko‘lamli hodisa yuz bergan: kassir va kredit bo‘limi xodimi katta miqdordagi summani o‘marishda gumon qilingan. Toshkent shahar IIBBni xabar qilishicha, allaqachon 20 dan ortiq jabr ko‘rgan fuqarolardan ariza kelib tushgan. Lekin aldangan omonatchilarning soni kundan kunga oshib bormoqda. O‘z navbatida bank boshqaruvchisi bu voqeaga bankning aloqasi yo‘qligini hamda tergov tugamagunicha hech kimning puli yo‘qolib qolmasligini, chunki jabr ko‘rganlar bank mijozlari emasligini aytgan.
Bank boshqaruvchisi va huquqshunos fuqarolarga huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilishlarini tavsiya qilgan.
Kuni kecha Markaziy bank bu masalada rasmiy bayonot qilgan. Unga ko‘ra, agar «Davr» bank zarar ko‘rganlarga o‘z omonatini qaytarmasa, unga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi. Bundan tashqari, Markaziy bank bank rahbariyatining javobini, jumladan, «jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratish»da fuqarolarni ayblagan rasmiylarning bayonotlarini yetarli emas deb hisobladi. Bu bank aksiyadorlari boshqaruvchini almashtirishni talab qilishiga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi