Foto: «kruz.uz»
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida «Matiz» rusumli avtomobil yonib ketgan. Shu hodisa yuzasidan IIBB tomonidan ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 10-may kuni soat 10:03da Ellikqal’a tumani, Guliston OFY hududida yashovchi D.J ga tegishli bo‘lgan «Matiz» avtomashinasi o‘z-o‘zidan yonib ketgan. Yong‘in natijasida mashinaning motor, salon, eshiklari hamda salon ichidagi hujjatlarga zarar yetgan. Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 6 daqiqada o‘t o‘chirilgan.
Matizning yonib ketishiga elektr simlarining qizib ketishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.
QR YoXB katta muhandisi, leytenant A.Abdiraxmanovning so‘zlariga ko‘ra, «Matiz» tutab, yona boshlaganda atrofdagi odamlar telefonda videoga olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Hech kim «101»ga o‘z vaqtida xabar bermagan. Abdiraxmanovning ta’kidlashicha, agar o‘z vaqtida xabar berilganida talafot unchalik katta bo‘lmas edi. Sababi, YoXB 1 km ga yetmaydigan masofada bo‘lgan. Odamlar esa yong‘in haqida xabar berish o‘rniga videoga olib turavergani sababli zarar miqdori kattalashib ketgan.
Manba: Kruz.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi