date
views 3 199

Avtomobil o‘g‘risi tavbasiga tayandi: "O‘sha kuni men mast edim" (video)

Avtomobil o‘g‘risi tavbasiga tayandi: "O‘sha kuni men mast edim" (video)
Toshkent - Samarqand yo‘nalishida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Yashin ismli shaxs soat 19.30lar atrofida o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli «Lasetti» avtomobilida odatdagidek mijoz kutib turar edi. Shu vaqt uning yoniga Qozog‘istonda ishlab qaytayotgan hamqishlog‘i Shokir keladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Shokir Samarqandga ketish istagini bildiradi. Hamqishlog‘i mast holatda ekaniga e’tibor bermagan Yashin unga mashina ichida kutib o‘tirishni taklif qiladi. Shokir esa o‘zining aytishi bo‘yicha «kafeda 300 gramm aroq ichib, ovqat yegan va yana bir yarim litrlik baklashkada pivo ham soldirib olgan» edi. U kalitni buraydi va mashinani olib qochib ketadi.

Shokirning aytishicha, u ichib olsa ikki-uch kun o‘ziga kela olmaydi, «tomi ketib qoladi». Xullas, o‘ziga kelganda Sirdaryoga yetgan ekan. Shu yerda u qo‘lga olinadi.

Shokir alkogolli ichimlik iste’mol qilganidan juda pushaymon. Ammo qancha attang qilmasin, qonun hamma uchun barobar. Ayni vaqtda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobil o‘g‘risi tavbasiga tayandi: "O‘sha kuni men mast edim" (video)