date
views 4 420

Samarqandda bir qiz katta tezlikdagi attraksiondan yiqildi (video)

Samarqandda bir qiz katta tezlikdagi attraksiondan yiqildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan holat videosi tarqaldi. Undagi tasvirlarga ko‘ra, katta tezlikda aylanuvchi attraksionda uchayotgan bir qiz (yoki juvon) qurilma belbog‘i yechilib ketishi oqibatida yerga qulagan. U beton yuzaga urilgan va boshidan jarohat olgan.

Kun.uz nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisa Samarqand shahrining temiryo‘l vokzali yaqinidagi madaniyat va istirohat bog‘ida (xalq tilida «Cherniy park») ro‘y bergan.

Hozircha mazkur hodisa yuzasidan rasmiy xabar berilmadi, jabrlanuvchining salomatligi bo‘yicha ham ma’lumot yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bir qiz katta tezlikdagi attraksiondan yiqildi (video)