Qimor - yutish va yutqazish o‘rtasida qoladigan o‘yindir. Uning yomonligi birovlarning haqqi norozi bo‘lgan holda boshqalarga o‘tib ketishida.
Ulamolar qimorning hamma turi harom ekaniga ittifoq qilishgan. Alloh taolo aytadi:
"Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz" ("Moida" surasi, 90-oyat).
Qimorning harom bo‘lishi hikmatini Alloh quyidagicha bayon qiladi:
"Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydi. Endi to‘xtarsizlar?!"
(Alloh taolo bu ikki narsani–xamr va qimorni «ifloslik va shaytonning ishi», deb atamoqda. Alloh O‘z bandalariga mehribon bo‘lgani uchun ularni ifloslik va shaytonning ishidan qaytaradi. Nopok taomlarni zararli bo‘lgani uchun harom qilganidek, iflos ishlarni ham bandalariga zararli bo‘lgani uchun harom qiladi).
Qimorboz topgan mablag‘ harom va iflos kirimdir. Haromdan mol topgan kishi tezroq uni zimmasidan soqit qilishi kerak. Bu yo molni egasiga qaytarish bilan yoki u topilmasa, kambag‘alga berish bilan bo‘ladi.
Jumhur fuqaho hukmiga ko‘ra qimorboz-yashirmay gunoh qiluvchi fosiqlarga salom berish makruhdir.
Qimor o‘ynash gunohi kabira bo‘lgani uchun qimorbozning shahodati qabul qilinmaydi. Garchi bir marta o‘ynagan bo‘lsa ham.
Rahbarlar gunoh ishlarni man etishi lozim, jumladan qimorni ham. Qimorboz ekani isbotlanganlarni albatta jazolashi kerak.
Nashrga tayyorlanayotgan "Katta fiqh ensiklopediyasi"dan qisqartirib olindi.
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi