Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Alter Ego dasturida intervyu berdi. Shahar hokimi jurnalistlar haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi deb Kun.uz ma’lum qilmoqda.
«Rostini aytganda, ular (jurnalistlar) menga haqiqatan ham yordam beryapti. Qaysidir muammolarni ko‘rsatmoqda. Men hokimman, mingta ko‘zim yo‘q, bir vaqtning o‘zida hamma joyni kuzatib bora olmayman. Ular men ko‘ra olmaydigan muammolarni ochib bermoqda.
Jurnalistlar Toshkentning har xil joylaridagi muammolarni boricha ko‘rsatib beryapti. Bu menga haqiqatdan ham foyda keltirmoqda. Oxirgi paytlarda matbuotni hurmat qilishni boshladim. Ular menga va odamlarga yordam berishyapti. Men uchun bu ijobiy narsa. Turli sabablarga ko‘ra kelib chiqqan muammolar bor.
Biroq, men matbuot yanada professional ishlashini, jurnalistlar faktlar va aniq dalillar bilan ish ko‘rishini istar edim», - deydi Ortiqxo‘jayev.
Bundan oldin, Jahongir Ortiqxo‘jayev hokim lavozimida qancha maosh olishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi