Foto: «Kun.uz»
15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy sud bilan hamkorlikda «Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish» mavzusida davra suhbati o‘tgani haqida xabar bergandik.
Tadbirda sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yuzasidan o‘z taklif mulohazalarini bildirar ekan, bir huquqni muhofaza qilish idorasi gazetasi xodimi bo‘lgan jurnalist xatoga yo‘l qo‘ygan ommaviy axborot xodimlariga nisbatan jazo choralarini kuchaytirishni taklif qildi.
Taklif yoqsa-yoqmasa, buyam bir fikr-da. Fikrga qarab uning egasi salohiyatini tasavvur qilaverasiz. Mayli, gap bunda emas. Gap unga qanday munosabat bildirilganida. Tadbir qatnashchilarining aksariyati taklifdan peshonasi tirishib turganda agentlik rahbari Komil Allamjonov bosiqlik bilan shunday dedi: «Jurnalistlarga uzoq vaqt davomida erkinlik berilmaganda edi, hozir jazo bersak bo‘lar edi. Hozir saytlarimiz, gazetalarimiz tanqid qilishgani, boshqacharoq aytganda «chaqib, chaqib olishlari» ortidan ijobiy ishlar ko‘zga tashlanyapti.
Biz endi matbuotga yo‘l ochyapmiz. Shu paytda ularni jazolash masalasiga kelsak, kechirasiz-u qonunda hammasi yozib qo‘yilgan... Jurnalistlar erkin ishlashi kerak. Uning ijod erkinligi mavjud. Uni yoz, buni yoz deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Buni o‘zining tahririyat siyosatiga qarab belgilayveradi. Yana bir bor aytaman: erkin so‘z, bemalol gapiring, tanqid qiling, qo‘rqmang, lekin har bir gapingizga mas’uliyatni his qiling. Butun jahonda shunday». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi