date

O‘zim shu sohani egasi bo‘lsam, to‘laymanda...

O‘zim shu sohani egasi bo‘lsam, to‘laymanda...
Toza ichimlik suvi bu bebaho ne’mat deymiz-u, uning qadrini arzon bilurmiz. Ayrim kimsalar esa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unitadilar.
I.Sh. Jarqo‘rg‘on tumanining “Mingchinor” MFYda isteqomat qiladi. U viloyat "Suvoqova" DUK da ishlaydi bu esa uning suv iste’moli uchun to‘lovlarni o‘z to‘lamaydi degani emas.

MIB tuman bo‘limi tomonidan fuqaroga nisbatan 460 ming so‘mdan ortiq qarzdorligi uchun bir necha bor og‘zaki va yozma ravishda ogohlantirilgan. O‘zim shu sohani egasi bo‘lsam to‘laymanda degan o‘y bilan qarzdorlikni bartaraf etishdan bo‘yin tovlab kelgan. Byuro talabini ham o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun iste’molchi joriy yilning 16 may kuni tarmoqdan uzildi.

Endilikda qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga ushbu fuqaro jarimani ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Kim qayerda, nima lavozimda ishlashidan qat’iy nazar barchamiz iste’molchi hisoblanamiz.

Energiya resurslari va ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishimiz bu fuqarolik burchimizdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zim shu sohani egasi bo‘lsam, to‘laymanda...