Yo‘l-patrul xodimi qanday holatlarda mashinangizni to‘xtatishi mumkin?

Yo‘l-patrul xodimi qanday holatlarda mashinangizni to‘xtatishi mumkin?
Yo‘l-patrul xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

1) yo‘l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

2) transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

3) yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

4) vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish jarayonida;

5) transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

6) maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

7) transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi taqiqlanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar