Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida “2018-2019 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, anjumanda Xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohot, yangilik hamda o‘quv yili natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etilishicha, 2018-2019 o‘quv yili davomida jami 9691 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5,8 mln. nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Joriy yilda maktablarning 9- (467 622 nafar o‘quvchi) va 11-sinflarini (279 788 nafar o‘quvchi) jami 747 410 nafar o‘quvchilar bitiradilar.
26 maydan 15 iyun kuniga qadar maktablarda bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi