Oynani asrashmadi. Oqibatda bir kun sinib, parcha-parcha bo‘lib ketdi. Odamlar o‘z yuzlarini ko‘rolmay qoldilar. Yuzidan, qalbidan bexabarlar – oynasizlar jamiyati paydo bo‘ldi.
Oynasini sindirib qo‘yganlarning holidan xabar topganlar kelib, ularni zabt etishdi. Oynaning siniqlarini zab tepkilashdi. Keyin ketishdi.
Endi oyna yasash qoidalarini ishga solib, yangitdan oyna yasash favqulotda kerak bo‘lib qoldi. Chunki yo‘qotib qo‘yilgan qalbni oynasiz topib bo‘lmaydi-da.
Ammo bir toifa o‘rnidan turib, oynani yangitdan yasashga qarshi chiqdi, “eskisining qoldiqlarini ulab olamiz!” – deyishdi. Chunki yangi, qiyshiq bo‘lmagan oyna ularning asl yuzlarini ko‘rsatib qo‘yadi. Hashamatga muhabbat qo‘ygan, bujmayib qolgan qalblarini uch o‘lchamli formatda namoyish etadi.
“To‘g‘ri, yangi oyna bizga kerakmas!” – deb ularni qo‘llovchilar chiqdi. Chunki ular ham hashamatga botganlar bo‘lib, o‘z rahnamolariga qarab, taskin topib turuvdilar, shuning uchun ularga takalluf qilib, hadyalar berib turuvdilar.
Boshqa bir toifa “bizga yangi, qiyshiq bo‘lmagan oyna kerak, qalbimizni ko‘rishni istaymiz!” – deyishdi. “Shu bilan birga rahnamolarimizning asl holatini hammaga ko‘rsatadigan oyna kerak bizga! Chunki biz endi qayta aldanishni istamaymiz! Avvalgilarga o‘xshab oynamiz sinib qolishini istamaymiz!” – deyishdi yana. Bo‘ldi janjal. Ba’zilar esa o‘rtada – goh u tomonga, goh bu tomonga yon bosishdi, yangi oynaning ahamiyatini seza bilmay arosatda qolishdi.
Yangi oyna kerak!
Qalbimizni ko‘rib turishimiz uchun yangi, to‘g‘ri, silliq oyna kerak bizga! Hashamatga botgan “rahnamo”lar joylarini boshqalarga – oynasimas, qalbi siniqlarga berishsin! Omma shundaylardan o‘rnak olsin zero. So‘zi boshqa, ishi boshqalar buzuq o‘rnak ekani bot-bot aytilgan zero.
Millat yo‘qotib qo‘ygan qalbini topib olishi uchun kerak bu!
Muhammad ShAKUR
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi