date
views 2 463

Korrupsiya qo‘rqinchliroqmi yo ko‘zbo‘yamachilik?

Korrupsiya qo‘rqinchliroqmi yo ko‘zbo‘yamachilik?
Taniqli bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva doimgidek faol va hozirjavob. Shu kunlarda keng muhokama qilinayotgan «Andijon mashmashasi»ga (Prezident tashrifi arafasida muhtoj ayolga uy berilgani-yu keyinroq qaytarib olingani, bu voqelik ovoza bo‘lishi ortidan o‘tkazilgan surishtiruvlarda o‘sha ayol go‘yoki yolg‘onchi bo‘lib chiqayotgani) ham darhol munosabat bildirdi:

«Nega baribir andijonlik ayolga ko‘proq ishongimiz kelyapti? Chunki ko‘zbo‘yamachilikdan to‘yganmiz. Prezident o‘tadigan yo‘llar bo‘yidagi dalalarga paxtalarni yoki gullarni poyalarga qo‘lda yopishtirib chiqishlariyu, nogironlarga kameralar va mehmonlar guvohligida berilgan uylarning keyin yolg‘on tuhfa bo‘lib chiqqani esimizda turibdi. Bizning u faktlar asosida shakllangan xulosalarimiz tez bekor bo‘lmaydi yo o‘zgarmaydi.

O‘ylab ham qolasan: korrupsiya qo‘rqinchliroqmi yo ko‘zbo‘yamachilik?»


Qisqa, lo‘nda va aniq gap: «to‘qqizlikka» urilgan. Nima dedingiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiya qo‘rqinchliroqmi yo ko‘zbo‘yamachilik?