3 391
Elektr va gaz uchun avans: narx oshganda faqat 1 oy qo‘shimcha to‘lov to‘lamasa bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2019 yildagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 452-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ayrim toifadagi iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitob qilish tartibi belgilandi, deb yozmoqda Norma.
Quyidagilar elektr energiyasi uchun to‘lovni maishiy iste’molchilarga belgilangan tarif bo‘yicha amalga oshiradi:
• XUMSh va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari - umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr energiyasi uchun elektr ta’minoti shartnomasiga asosan elektr tarmog‘ining balans mansubligining bo‘linish chegarasidagi nuqtada o‘rnatilgan hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlariga muvofiq;
• elektr energiyasidan aholini elektr bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalarga, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rsatilgan sub’ektlar (bundan kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari va oilaviy korxonalar mustasno) tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovda ham shunga o‘xshash tartib qo‘llanadi.
Elektr ta’minoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan ta’minlanadigan maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarigacha bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yo‘qotishlari hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining texnologik yo‘qotishlarida hisobga olinadi.
Elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) va tabiiy gaz uchun avans 2019 yil 1 iyundan keyin to‘langan taqdirda tarif o‘zgarganda iste’molchilar (aholidan tashqari) qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod qilinadigan muddat qisqartirildi. Bu holatda “imtiyozli” muddat to‘lov to‘langan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. Avans to‘lovini 1 iyunga qadar amalga oshirganlar esa ilgarigi qoidalar bo‘yicha – 2 oy mobaynida qo‘shimcha to‘lov to‘lamaslikka haqli.
Hujjat 1.06.2019 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi