O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha OAV uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etildi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov hayit namozi bo‘yicha qator ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ramazon hayitining birinchi kuni, 5 iyun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2057 ta masjiddan 1983 tasida 2 million 200 mingdan ziyod fuqarolar hayit namozini o‘qidi.
Jumladan, Andijon viloyatida 172 ta, Namangan viloyatida 183 ta, Farg‘ona viloyatida 188 ta, Sirdaryo viloyatida 69 ta, Toshkent viloyatida 221 ta, Toshkent shahrida 102 ta, Jizzax viloyatida 168 ta, Surxondaryo viloyatida 108 ta, Samarqand viloyatida 272 ta, Buxoro viloyatida 103 ta, Navoiy viloyatida 69 ta, Qashqadaryo viloyatida 181 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 ta masjidda ado etildi.
Toshkent shahrida 102 ta masjidda 479 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz Hayit namozida ishtirok etdilar. Xususan, Hazrati Imom majmuasida 17 mingdan ziyod, “Minor” masjidida 15 mingdan ziyod fuqarolar jam bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar