21:12 / 05.06.2019
3 389

IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan: Gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan

IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan: Gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan
Foto: IIBB
Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisa yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyun kuni Yunusobod tumani 11-mavzeda Nexia avtomobili haydovchisi 42 yoshli ayol yo‘l chetida bo‘lgan 12 yoshli uch nafar o‘smirni bosib yuborgan.

YTH oqibatida o‘smirlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi o‘smir olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholamoqda. Uchinchi o‘smir esa ambulator sharoitida ko‘rikdan o‘tkazilgan va uyiga javob berilgan.

Xabarda qayd etilishicha, haydovchi voqea joyidan ketib qolmagan. U voqea joyida qolib, tergov harakatlarini o‘tkazishda faol yordam ko‘rsatgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi («Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ish nazoratga olingani, tergovning qonuniyligi ta’minlanishi qo‘shimcha qilingan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan: Gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuborgan