
Benoy Britaniya me’morlik kompaniyasi shahar ma’muriyati, elchixonalari, tijorat tashkilotlari va aeroport ko‘chirilishi kerak bo‘lgan «yangi Toshkent» loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Myday yozmoqda.
Chirchiq daryosining chap sohilida 20,000 gektar hududda 2 million aholi uchun shahar barpo etish taklif qilinmoqda.
Me’morlar g‘oyasiga ko‘ra «Yangi Toshkent» o‘z ichiga bir nechta «jalb qilish markazlari»ni olishi kerak. Bular hukumat kvartali, biznes-siti, yangi aeroport tumani va yagona bo‘lgan New Tashkent Island – yangi va hozirgi shahar o‘rtasidagi orol.



Foto: Benoy
Unda turar-joy majmualari va savdo-ko‘ngilochar markazlari joylashadi. Taklif qilingan hududda sohili bo‘ylab hordiq chiqarish zonalari rejalashtirilgan kanallar tizimi bo‘ladi.

Foto: Benoy
Bu loyihaviy yechim shunchaki Britaniya me’morlik kompaniyasining Toshkentning rivojlanishini qanday tasavvur qilayotgani, deyiladi xabarda.

Foto: Benoy

Foto: Benoy “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar