Foto: Facebook / Danara Kurmanova
Bir necha marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurib, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat haqidagi iliq taassurotlari bilan bo‘lishgan qozog‘istonlik jurnalist Danara Kurmanova ushbu safarlardan so‘ng injiq insonga aylanib qolganini aytadi.
Jurnalistning yozishicha, u O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni ta’tib ko‘rgach, xuddi shu mahsulotlarning Moskvada yetishtirilgan muqobilini yegisi kelmay qolgan.
Shuningdek, jurnalist palovning ham faqat O‘zbekistonda tayyorlanadiganiga mehr qo‘ygan.
Danara Kurmanova O‘zbekistondan sotib olingan paxtadan tayyorlangan futbolkani ham alohida mehr bilan kiyib yurishini ham yozib qoldirgan.
Jurnalist do‘stlarining «O‘zbekistonni gapiraverib jonga tegding, balki u yoqqa ko‘chib o‘tarsan?» degan kinoyali gapini ham keltiradi.
U O‘zbekistonda matolar juda sifatli va arzon ekanigini ta’kidlab, kuzatuvchilariga «agar O‘zbekistonga yo‘ligiz tushsa ko‘proq tabiiy matoli kiyimlardan sotib oling» deb maslahat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi