
“Biz suhbat va muzokaralar uchun ochiqmiz”, deb boshlanadi “Oq-tepa lavash” kompaniyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.
“Bo‘lib o‘tganlar uchun javobgarlikni to‘liq o‘zimizga olamiz. Biroq hozir eng muhimi – jabrlanganlarga yordam berish”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, sahifada kompaniya rahbariyati zaharlangan bemorlar ahvolidan xabar olish uchun kasalxonaga borgani hamda keltirilgan ma’naviy zarar va davolanish xarajatlarini qoplaganini xabar qilishgan.
Jurnalistlar bilan muloqot qilgan kompaniya vakili zaharlanish sabablari hozircha 100 foiz aniqlanmaganini va ushbu holat yuzasidan tekshirish o‘tkazilayotganini xabar qilishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar