16:04 / 07.06.2019
3 714

Alisher Usmonov Namanganda 18 qavatli biznes markazini quradi

Alisher Usmonov Namanganda 18 qavatli biznes markazini quradi
Foto: «TASS»
Taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov yordamida Namanganda 18 qavatli biznes-markaz quriladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Bugun, 7 iyun kuni «Doing business with Namangan ­­-­ 2019» xalqaro investitsiya forumi o‘z ish faoliyati boshladi.
Tadbir boshlanishida Namangan viloyati investitsiya salohiyati haqida viloyati hokimi Xayrulla Bozorov forum qatnashchilariga ma’lumot berdi.

«Namangan shahrida Alisher Burxonovich yordamida qurilayotgan zamonaviy kongress zaliga ega, jahon talablariga javob beradigan 18 qavatli biznes-markaz to‘g‘risida ma’lumot berishdan xursandmiz», - dedi Bozorov.

Namangan viloyati hokimining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Namangan viloyatida meva bog‘lari uchun 24 ming gektar maydon, shuningdek, uzumzorlar uchun 9 ming gektar maydon mavjud. O‘tgan yili 750 ming tonna sabzavot, 250 ming tonna meva, 107 ming tonna uzum ishlab chiqarilgan.

Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan 300 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari qatnashmoqda.
Forum doirasida 320 million dollarlik investitsiya shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov Namanganda 18 qavatli biznes markazini quradi