13:43 / 08.06.2019
6 558

Yashirilgan "Nikolay" tilla tangalari fosh qilindi

Yashirilgan "Nikolay" tilla tangalari fosh qilindi
Ma’lumki, Davlat bojxona qo‘mitasi respublikada qonun hujjatlariga muvofiq madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi“G‘ishtko‘prik”chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etishdi.

Gap shundaki, mazkur bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro M.M.ning qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi.

Shundan so‘ng, ushbu qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ochib ko‘zdan kechirildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 6 400 000 so‘mlik, vazni 16 grammni tashkil qilgan 2 dona 1898 yilda, 1 dona 1899 yilda va 1 dona 1900 yilda ishlab chiqarilgan “B.M.Nikolay” yozuvli tilla tangalar borligi aniqlandi.

Ushbu post xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir yana bir holat aniqlandi. Qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro S.Yo.ning harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Shundan so‘ng, ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, unda bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, og‘irligi 172 gramm bo‘lgan, sariq metaldan yasalgan, qiymati 51 600 000 so‘mlik, 3 turdagi zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirilgan "Nikolay" tilla tangalari fosh qilindi