Kecha, 7-iyun kuni soat taxminan 22:10larda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yoʻlida (“CRAFERS” zavodi) yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Poytaxt IIBB xabariga koʻra, piyoda, 22 yoshli G.I. yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr narida kesib oʻtayotgan boʻlgan. “Lasetti” yengil avtomashinasi haydovchisi, 41 yoshli X.X. piyodani urib ketgan. Shundan soʻng u boshqaruvni yoʻqotib, “Kobalt” (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan toʻqnashgan. “Lasetti” urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida boʻlgan “Shacman” yuk mashinasi ostida qolgan.
Xabarda aytilishicha, YTH tufayli piyoda G.I. va “Lasetti” avtomobili yoʻlovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok boʻlgan. «Kobalt yoʻlovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. “Lasetti” avtomobili haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda koʻrsatildi, shundan keyin u kasalxonadan chiqarildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTHga piyoda yoʻlni belgilanmagan joydan, piyodalar oʻtish yoʻlagidan 25 metr naridan kesib oʻtayotgani sabab boʻlgan, deyiladi IIBB xabarida.
Tergov davomida “Lasetti” haydovchisining aybdorlik darajasi oʻrnatiladi.
“Hurmatli haydovchilar va piyodalar! Yoʻl harakati qoidalariga rioya qiling! Yodingizda boʻlsin: bitta notoʻgʻri qadam sizning va yoʻl harakati boshqa qatnashchilarining umriga zomin boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)