7 yoshga to‘lmagan bolalarni qo‘shimcha kvota bo‘yicha maktablarga qabul qilishda ota-onalarning roziligi asosida eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘im undiriladi.
Bular kimlar:
— mikrohududdan tashqarida yashayotgan maktab yoshidagi bolalar;
— mikrohudud va mikrohududdan tashqaridagi maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1 yanvaridan 31 dekabrga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar;
— maktablarda (mikrohudud va mikrohududdan tashqari) ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar.
Bu mablag‘lar maktabdagi sharoitlarni yaxshilash hamda maktab o‘qituvchilari va direktorini rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi. 2019/2020-o‘quv yilidan birinchi sinfga bolaning qabul hujjatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi.
Arizalar 15 iyundan 31 avgustgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar topshirilgandan bir kun keyin maktabga yo‘llanma yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi. Ushbu tartibga bosqichma-bosqich o‘tish rejalangan. Ilk bosqichda Toshkent shahridagi 81 maktabga hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Qaysi maktablarga yo‘llanma olish mumkin?
— boshlang‘ich maktab;
— umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
— ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktab.
Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlar, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno.
Qaysi maktablarga hujjat topshirish mumkin?
O‘quvchilar maktablarga yashash joyi bo‘yicha qabul qilinadi.
Har bir maktabga tuman (shahar) hokimliklari mikrohudud biriktiradi. Ya’ni har bir maktab avvalo o‘ziga biriktirilgan mikrohududda yashovchi aholining farzandlarini qabul qiladi.
Maktablar o‘ziga qarashli mikrohududdan tashqaridan ham bola qabul qilishi mumkin. Buning uchun o‘sha maktabga qo‘shimcha kvota ajratilgan bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi