Rossiyada xakerlar tijoriy bank hisobidan qariyb 100 mln rubl pul echib olishdi

Rossiyada 31 dekabr kuni noma’lum shaxslar nomi sir tutilayotgan tijoriy banklardan biri serverini buzib kirishgan va hisobdan 95 million rubl miqdoridagi mablag‘ni o‘g‘irlashgan. Bu haqda 3 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish organlariga asoslangan holda Interfaks agentligi xabar bergan.
Manbaning aytishicha, bu hodisa juma kuni soat 07:00dan 09:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan. Jinoyatchilar o‘g‘irlangan pullarni turli banklardagi jismoniy va yuridik shaxslar nomiga ochilgan 690ta hisobga o‘tkazishgan. 1 yanvar kuni bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Shuningdek, 1 yanvarga o‘tar kechasi Moskvadagi banklardan biriga talonchilik hujumi uyushtirilgan. 1 yanvar kunining ilk soatida shahardagi banklardan biriga bostirib kirib, naqd pullarni o‘g‘irlashgan. Bu hujum keltirgan zarar miqdori 12 mln rublni tashkil etgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing