3 610
Elektr tarmoqlari xodimi MIB inspektorini kaltaklab, yonidagi pullarini o‘g‘irlab ketdi
Majburiy ijro byurosi xodimlarining qarzdor fuqarolar tomonidan kaltaklanishi haqda tez-tez xabarlar tarqaladi. Bu safar Kattaqo‘rg‘on tumanida tuman elektr tarmoqlari xodimi Majburiy ijro byurosi inspektorini kaltaklagani haqda ma’lumot tarqaldi. Bu haqda Samarqand viloyat Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi Yu.N mast holatda o‘ziga tegishli «Nexia» avtomashinasida tumanning Kadan qo‘rg‘onchasidan o‘tuvchi ichki yo‘lida boshqarib ketayotganda tanish MIB inspektorini ko‘rib qolgan. MIB xodimiga o‘zini yordamchi ko‘rsatib, noqonuniy elektrga ulangan iste’molchini bilishi, istasa ko‘rsatishini aytadi.
Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish – o‘g‘irlik. MIB inspektori darrov rozi bo‘lib mashinaga o‘tiradi. Ammo chekkaroq joyga borganda mashina to‘xtaydi va elektr tarmoqlari xodimi «Mana senga noqonuniy «tochka» degancha MIB inspektoriga tashlanadi. Inspektorga bir necha musht tushirib, uning xizmat formasini yirtib ham yuboradi.
Elektr tarmoqlari xodimi shuningdek, inspektorning xizmatda foydalanib kelayotgan sumkasini, uyali telefonini, aholidan yig‘ilgan 4 mln. 800 ming so‘m naqd pullarini olib qo‘yib, hodisa joydan qochib ketadi.
Tezkor tadbirlar natijasida zo‘ravon va talonchi Yu.N. mast holatda qishloq chetidagi qabriston yonida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi