
12 iyun kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi va tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Bugundan e’tiboran Akmal Arslonovich Xolmurodov Quyi Chirchiq tumani hokimi, Abdumalik Abdug‘aniyevich Qo‘ldoshev tuman prokurori, Shuhratali Toirovich Imomov tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat rahbari Rustam Xolmatov ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, prezident topshirig‘iga binoan viloyatning 18 ta hududiy birligi respublika oliy rahbariyatidagi mas’ul shaxslarga boshqaruv va umumiy rahbarlik uchun bo‘lib berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov vazifasidan ozod etilgandi.
Quyi ChirchiqKengash SessiyasiHokim TayinlashO‘zbekiston RespublikasiAholi Jon BoshigaYalpi Mahsulot O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar