Toshkent shahrida bir guruh shaxslar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, bir guruh yigitlar kunduz kuni jamoat joyida ommaviy janjal sodir etishgan, hatto bir-birlarini avtomashinada bosib ketmoqchi ham bo‘lishgan.
Prokuratura rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, ommaviy tartibbuzarlik 5 iyun kuni Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.
Janjal natijasida bir nafar shaxsga pichoq bilan sanchilgan-kesilgan tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur horlat yuzasidan aybni og‘irlashtiruvchi holatlardabezorilik oqibatida odam o‘ldirishga su’iqasd qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-97 moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlar tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi