
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalarni eslatib oʻtdi.
Unga koʻra, quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:
-Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
-xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
-“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;
- “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;
- tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;
- Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari;
- “Nihol” mukofoti sovrindorlari;
- Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);
- toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar;
- Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
- harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
- ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.
Adliya VazirligiOTMlarga KirishImtiyozli AbituriyentlarHarbiy XizmatchilarDavlat MukofotiYoshlar Ittifoqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar