Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida OAV xodimlari uchun navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Bu safargi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbar xodimlarining o‘tgan besh oy davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.
Tadbirning kirish qismi tugab, savol-javobga o‘tilishi hamono quyidagi so‘rov tashlandi. Ya’niki, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ovozi Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevniki deyilgan audioyozuv tarqalib, unda amaldor MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘iga ochiqdan ochiq «ichangni sug‘urib, boshingga salla qilvoraman!» mazmunida tahdid qilgani anglashiladi.
Oddiy fuqaro MIB xodimi talabiga bo‘ysunmasa yoki qarshilik qilsa, haqli ravishda javobgarlikka tortiladi. Viloyat hokimiga-chi? U ko‘pchilik oldida MIBning mas’uliga nisbatan mahalliychilik qilib (MIB viloyat boshqarmasi rahbarini «Toshkent shahri fuqarosi» deydi), kamiga haqoratomuz tahdidiga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildimi?
Majburiy byuro ijrosi direktorining o‘rinbosari Sodiqjon Berdialiyevning javobi quyidagicha bo‘ldi: «Biz viloyat hokimi bilan bog‘lanib, kerakli ma’lumot taqdim etdik. G‘aniyev internetda eski gaplar chiqib ketgani, hozirda byuroning viloyatdagi rahbari bilan munosabatlari yaxshi ekanini aytdi. Biz bu borada hokimga chora ko‘rish bo‘yicha hech qayerga murojaat qilmaganmiz. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati MIB boshlig‘i ham da’vo qilgani yo‘q...»
Da’vo yo‘q ekan, demak, hokim uchun muammo ham yo‘q.
Ikki yil avval Farg‘ona viloyati hokimi katta majlisda toshloqliklarni yoppasiga «haromi» deb so‘kkan edi. O‘shandayam amaldorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi