Foto: «Xalq so‘zi»
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi so‘lim «Kumushkon» MFY hududida O‘zbekistonda birinchi «Turizm qishlog‘i»ni tashkil etishga doir loyiha ijrosiga kirishildi, bu haqda «Xalq so‘zi» xabar qiladi.
Loyihaga ko‘ra, mazkur hududda 50 ta mehmon uyi, 20 xonadon negizida etnoqishloq, 20 xonadonni o‘z ichiga oluvchi milliy taomlar qishlog‘i, 15 xonadonni qamrab olgan hunarmandlar qishlog‘i, 10 xonadon jalb qilingan holda, san’atkorlar qishlog‘i va 20 xonadonda agroturizm qishlog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan.
Foto: «Xalq so‘zi»
Bulardan tashqari, bu yerda zamonaviy mehmonxona, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq o‘yinlari va sport namoyishlari maydonchasi, o‘tovlar shaharchasi, turizm axborot markazlari, hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni, sayyohlar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, sun’iy sharsharalar hamda 7 ta mavsumiy dam olish maskani tashkil qilinadi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatovning aytishicha, mazkur loyiha doirasida 450 ta yangi ish o‘rni ochiladi, sayyohlar soni yiliga 250 ming (xorijiy sayyohlar 60 ming) nafarga yetkaziladi. Turizm xizmatlari hajmi esa 50 milliard so‘mga yetkaziladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Aqqulov «Turizm qishlog‘i»ning infratuzilma ob’ektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda qo‘mita tomonidan yaqindan ko‘mak berilishini, turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi