14:50 / 21.06.2019
4 610

Samarqandlik «Umarboy» qancha pulni talon-taroj qilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqandlik «Umarboy» qancha pulni talon-taroj qilgani ma’lum bo‘ldi
Samarqand viloyat hokimligida huquqni muhofaza qilish organlari viloyat bo‘limlari rahbariyati va sud raislari ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilmoqda. Unda viloyat miqyosidagi ko‘plab muammoli holatlarga oydinlik kiritildi.

Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Usmonov xalq orasida «Umarboy» deb tanilgan Olim Rajabov fuqarolarga qancha miqdorda zarar yetakazgani haqida gapirdi. Prokuratura mulozimining aytishicha, Olim Rajabov «Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni» nomli MChJ ochgan va Samarqand shahrining qator yerlarida ko‘p qavatli uylar qurgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Dahbed va Mironshoh ko‘chalarida ko‘p-qavatli uylar qurgan Olim Rajabov fuqarolardan 50 milliard 578 million so‘m miqdorida mablag‘ni talon-taroj qilgan (ya’ni shuncha miqdorda noqonuniy qurilgan uylarni sotgan). MIB tomonidan Olim Rajabovga tegishli 20 milliard 600 million so‘mlik mol-mulk musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik «Umarboy» qancha pulni talon-taroj qilgani ma’lum bo‘ldi