Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev transport kommunikatsiyasi, eksport-import sohalarini tanqid qildi.
«10 yil oldin O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy yo‘nalishi bo‘lganida avtomobil narxi tushgan bo‘lardi. Hozir avtomobilsozlikda 70 foiz import qilinadi. Qo‘shnilar bilan murosaga kirishganimizda transport kommunikatsiyasi bunday ahvolga tushmasdi.
Hozir barcha yo‘llar ochildi. Hamma xohlagan tovarini olib kelyapti. Senatorlar shu tovarlarning ayrimlariga bojxona tarifini oshirish bo‘yicha taklif berdimi?
Eng katta muammo - bozor topish. Bozorimizning 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.
Paxtaning 75 foizi chetga eksport qilingan. Paxta eksportidan eng ko‘p daromad olgan natijamiz - 1 mlrd 200 mln dollar bo‘lgan. Odatda 800-900 mln dollardan ortmasdi.
Hech kim aytmagan paxtani shu yerda qayta ishlab trikotaj mahsulotlari chiqarish bo‘yicha. Ayni vaqtda trikotaj mahsulotlarini o‘zimizda chiqarganimiz uchun 2 mlrd dollar foyda olyapmiz», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida