22:05 / 21.06.2019
9 155

KFC O‘zbekiston taomlari halolmi yoki... (video)

KFC O‘zbekiston taomlari halolmi yoki... (video)
Hammamizga ma’lumki so‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “AQSh va Yevropa davlatlarida KFC taomlarini haromligi haqida fatvo berildi” degan ma’noda turli gap-so‘zlar tarqab ketdi. Bunday xabarlar yurtimizda ham faoliyat yuritayotgan KFC oshxonalar tarmog‘i va uning mijozlari bo‘lgan musulmonlarni qalbiga har xil shubhalarni solib turgan edi.

Chunki Islom dinida halol va harom masalasi musulmonlar uchun naqadar muhimligi hech kimga sir emas. Shuningdek, Islom shariatida halol doirasi qanchalik keng tutilgan bo‘lsa, buning aksiga, harom doirasi shunchalik toraytirilgandir. Islomda halol va harom qilish huquqini belgilash insonlarga berilmagan, balki, u yolg‘iz Alloh taoloning haqqidir.

Azon.uz tahririyati bunday nozik mavzuda, yurtimizdagi musulmonlar o‘rtasida turli noaniq gap-so‘zlar bilan emas, balki aniq dalillar bilan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida KFCʼning O‘zbekistondagi oshxonalar tarmog‘i rahbariyati bilan bog‘landi hamda KFC taomlari va ularning tayyorlanish jarayoni haqida qisqacha intervyu oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » KFC O‘zbekiston taomlari halolmi yoki... (video)